Qo‘mita yangiliklari
MEHNAT YARMARKASI
Toshkent davlat Transport universitetida an’anaviy tarzda “II Xalqaro Transport va logistika mehnat yarmarkasi” bugan o‘z ishini boshladi. Toshkent davlat Transport universiteti – O‘zbekiston Respublikasining davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Markaziy Osiyoda transport sohasida temir yo‘l, aviatsiya va avtomobil mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi yagona muassasadir. 🔼An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ushbu mehnat yarmarkasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning viloyatlardagi boshqarmalarida inson resurslari bilan ishlashga mas’ul tarkibiy tuzilmalarning rahbar va xodimlari o‘zlaridagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari bilan ishtirok etishmoqda. ✔️Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – Transport sohasida tahsil olgan mutaxassislarni xorijiy va mahalliy korxona hamda tashkilotlarda ishlash, shuningdek, amaliyot o‘tash imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat. ❗️Toshkent davlat Transport universiteti “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakultetining bakalavriyat bosqichini bu yil 224 nafar bitiruvchi tamomlayapti. Shularning sakkiz nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. ⚡️Bugungi mehnat yarmarkasida Andijon viloyati bitta, Buxoro viloyati 18 ta, Farg‘ona viloyati 38 ta, Jizzax viloyati 6 ta, Namangan viloyati 8 ta, Navoiy viloyati 18 ta, Qashqadaryo viloyati 31 ta, Qoraqalpog‘iston Respulikasi 17 ta, Samarqand viloyati 5 ta, Sirdaryo viloyati 4 ta, Surxondaryo viloyati 12 ta, Toshkent shahri 22 ta va Toshkent viloyati 25 ta hamda Xorazm viloyati 6 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishmoqda.
Xorazm viloyati Yangi obyekt
#Xorazm_viloyati #Yangi_obyekt 🗺Xiva shahridagi D220 “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qо‘shkо‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yо‘lining 40-km qismi bilan D215 “Urganch – Xiva avtoyо‘li – Xiva kompressor stansiyasi” avtomobil yо‘lining 3-km qismini bog‘lovchi yerosti avtomobil yо‘lini qurish ishlari yakuniga yetdi. Buyurtmachi tashkilot “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK bo‘lib, “Yo‘l-loyiha byurosi” MChJ loyihasi asosida pudratchi tashkilot “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri DM Xorazm filiali umumiy uzunligi 480 metr, eni 18 metr, qiymati 90,3 mlrd so’mni tashkil etadigan obyektni qurish ishlarini yanvar oyida boshlagan edi. 📍Qurilish-montaj ishlari davomida obyekt hududi 860 m profnastil bilan o‘rab olinib, 225 tup daraxt ko‘chirish ishlari, tuproq qazib olish, shag‘al aralashmasi yotqizish hamda tosh yotqizish ishlari bajarildi. Suv qochirish uchun quvvati 25 m3/h bo‘lgan 18 dona nasos o‘rnatilib, asosiy nasos stansiyasiga ulandi. ⛔Obyektning monolit temir-beton devorlarining asos qismlariga 8300 m3 og‘ir beton va 580 tonnadan ortiq armatura, shu bilan birga 40 000 m2 suvdan himоya materiali ishlatildi. Ko‘prik qismiga 52 dona 18 mert bo‘lgan plitalar o‘rnatildi. Obyektning qatnov qismlariga 4900 m2 dan ortiq asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. 📍Yoritish tizimlariga 12 dona temir ustunlar va 70 dan ortiq yorituvchi chiroqlar o‘rnatildi. Kerakli yo‘l belgilar va yo‘l chiqizlari chizilib, tozalash ishlari amalga oshirildi.
INFOGRAFIKA
Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil 1-choragi mobaynida viloyat hududida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida INFOGRAFIKA
A373 "Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 106—109-kmlarida asos tayyorlash ishlari davom etmoqda.
A373 "Toshkent-Ohangaron-Angren-Qo‘qon-Shahrixon-Andijon” avtomobil yo‘lining 106—109-kmlarida asos tayyorlash ishlari davom etmoqda.
Mutaxassis sharhi
Yo‘l ta’miri va qurilishi olib borilayotgan hududda ishning sifatini hamda asfalt-beton qoplamasining qalinligini o‘lchab, noto‘g‘ri xulosa chiqarayotgan va ijtimoiy tarmoqlarda odamlarning soha xodimlari ishiga nisbatan norozilik kayfiyatini paydo qilayotgan turli lavhalarga ko‘zimiz tushyapti. Har bir ishni o‘z mutaxassisi amalga oshirishi kerak. 📊Bu jarayonning tartibini mutaxassis quyidagicha sharhlaydi.
YO‘LDAGI GAPLAR...
Tog‘li hududda avtomobil yo‘lini qurish tartibi qanday? Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining You Tube platformasida "Yo‘ldagi gaplar..." loyihasining navbatdagi sonini tomosha qiling.
Xalqaro hamkorlik
Rossiya Federatsiyasida safarda bo‘lib turgan Avtomobil yo‘llari qo‘mitasining delegatsiyasi a’zolari Voronej metall konstruksiya zavodida bo‘lishdi. 1300 nafar ishchi-xodim faoliyat yuritayotgan mazkur zavod turli xil va o‘lchamdagi metall konstruksiyalarni ishlab chiqarishga ixtisoslashgan yirik sanoat korxonasi hisoblanadi. 📍 Delegatsiya a’zolari 4R12 va 4R6 avtomobil yo‘lini bog‘lovchi arkali ko‘prik konstruksiyasini ishlab chiqarish jarayonlari bilan tanishib, hamkorlikni jadallashtirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda.
Ushbu loyihani amalga oshiradigan xorijiy investorlar delegatsiyasi Namangan viloyati hokimligida qabul qilindi.
«Pungon—Namangan» yo‘nalishidagi davlat ahamiyatidagi D 105 (4R 112) «Farg‘ona halqa yo‘li» avtomobil yo‘lining 0–75-km (75 km) kilometr masofadagi qismida amalga oshirilayotgan ishlar, rekonstruksiya jarayonlari yanada jadallashadi. 📍Ushbu loyihani amalga oshiradigan xorijiy investorlar delegatsiyasi Namangan viloyati hokimligida qabul qilindi.
Yoʼl odami
Dastavval turli kasblarda ishlab, so‘ng yo‘l xo‘jaligi sohasiga kelgan va ishiga mehr bergan yo‘lchi Abdumurod Abdurahmonov "Yo‘l odami" loyiihasining navbatdagi qahramoni.