MEHNAT YARMARKASI
Toshkent davlat Transport universitetida an’anaviy tarzda “II Xalqaro Transport va logistika mehnat yarmarkasi” bugan o‘z ishini boshladi. Toshkent davlat Transport universiteti – O‘zbekiston Respublikasining davlat oliy ta’lim muassasasi bo‘lib, Markaziy Osiyoda transport sohasida temir yo‘l, aviatsiya va avtomobil mutaxassisliklari bo‘yicha kadrlar tayyorlovchi yagona muassasadir. 🔼An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan ushbu mehnat yarmarkasida Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning viloyatlardagi boshqarmalarida inson resurslari bilan ishlashga mas’ul tarkibiy tuzilmalarning rahbar va xodimlari o‘zlaridagi vakant (bo‘sh) ish o‘rinlari bilan ishtirok etishmoqda. ✔️Ko‘rgazmaning asosiy maqsadi – Transport sohasida tahsil olgan mutaxassislarni xorijiy va mahalliy korxona hamda tashkilotlarda ishlash, shuningdek, amaliyot o‘tash imkoniyatlari bilan tanishtirishdan iborat. ❗️Toshkent davlat Transport universiteti “Avtomobil yo‘llari muhandisligi” fakultetining bakalavriyat bosqichini bu yil 224 nafar bitiruvchi tamomlayapti. Shularning sakkiz nafari xotin-qizlarni tashkil etadi. ⚡️Bugungi mehnat yarmarkasida Andijon viloyati bitta, Buxoro viloyati 18 ta, Farg‘ona viloyati 38 ta, Jizzax viloyati 6 ta, Namangan viloyati 8 ta, Navoiy viloyati 18 ta, Qashqadaryo viloyati 31 ta, Qoraqalpog‘iston Respulikasi 17 ta, Samarqand viloyati 5 ta, Sirdaryo viloyati 4 ta, Surxondaryo viloyati 12 ta, Toshkent shahri 22 ta va Toshkent viloyati 25 ta hamda Xorazm viloyati 6 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishmoqda.
Xorazm viloyati Yangi obyekt
#Xorazm_viloyati #Yangi_obyekt 🗺Xiva shahridagi D220 “Bog‘ot q. – Yangiariq q. – Xiva sh. – Qо‘shkо‘pir q. – Shovot sh. – Gurlan sh.” avtomobil yо‘lining 40-km qismi bilan D215 “Urganch – Xiva avtoyо‘li – Xiva kompressor stansiyasi” avtomobil yо‘lining 3-km qismini bog‘lovchi yerosti avtomobil yо‘lini qurish ishlari yakuniga yetdi. Buyurtmachi tashkilot “Umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish va rekonstruksiya qilish direksiyasi” DUK bo‘lib, “Yo‘l-loyiha byurosi” MChJ loyihasi asosida pudratchi tashkilot “O‘zyo‘lko‘prik” klasteri DM Xorazm filiali umumiy uzunligi 480 metr, eni 18 metr, qiymati 90,3 mlrd so’mni tashkil etadigan obyektni qurish ishlarini yanvar oyida boshlagan edi. 📍Qurilish-montaj ishlari davomida obyekt hududi 860 m profnastil bilan o‘rab olinib, 225 tup daraxt ko‘chirish ishlari, tuproq qazib olish, shag‘al aralashmasi yotqizish hamda tosh yotqizish ishlari bajarildi. Suv qochirish uchun quvvati 25 m3/h bo‘lgan 18 dona nasos o‘rnatilib, asosiy nasos stansiyasiga ulandi. ⛔Obyektning monolit temir-beton devorlarining asos qismlariga 8300 m3 og‘ir beton va 580 tonnadan ortiq armatura, shu bilan birga 40 000 m2 suvdan himоya materiali ishlatildi. Ko‘prik qismiga 52 dona 18 mert bo‘lgan plitalar o‘rnatildi. Obyektning qatnov qismlariga 4900 m2 dan ortiq asfalt-beton qoplamasi yotqizildi. 📍Yoritish tizimlariga 12 dona temir ustunlar va 70 dan ortiq yorituvchi chiroqlar o‘rnatildi. Kerakli yo‘l belgilar va yo‘l chiqizlari chizilib, tozalash ishlari amalga oshirildi.
INFOGRAFIKA
Buxoro viloyati Avtomobil yo‘llari bosh boshqarmasi tomonidan 2025-yil 1-choragi mobaynida viloyat hududida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida INFOGRAFIKA
E’LON
Bugungi kunda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro magistrallar bo‘yida namunaviy yo‘l bo‘yi infratuzilmasi majmualarini (“Service point” va “Service area”) tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
“Service point” – avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, do‘konlar, texnik servis punktlari, sanitariya-gigiena shohobchalarini;
“Service area” – “Service point” ob’ektlari, TIR park, motellar, avtomobillarni yuvish shohobchalari va wi-fi nuqtalarini qamrab oladi.
Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda pudratchi tashkilotni tanlash
Videorolik Osiyo taraqqiyot banki ishtirokidagi loyihalarni amalga oshirishda pudratchi tashkilotni tanlash bo‘yicha tender savdolarini o‘tkazish bosqichlari haqida ma’lumot.
E'LON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 10-oktabrdagi “Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–330-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yo‘l qurilishi materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish belgilangan. Shunga ko‘ra, bugungi kunda hududlarda yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish ishlari olib borilmoqda.
Interaktiv xizmatlar
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashish uchun berilgan ruxsatnomalar
Katta hajmli va og‘ir vaznli yuklarni tashishga ruxsatnoma olish
“Shaharlararo oraliq masofalar” interaktiv dasturi
“Shaffof yo‘l” onlayn axborot platformasi
Asosiy ko‘rsatkichlar
2023- yil III-chorak yakuniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasida Investitsiya dasturi bo'yicha ma'lumot
2022- yil yakuniga ko'ra Avtomobil yo'llari qo'mitasida Investitsiya dasturi bo'yicha ma'lumot
Hududiy boshqarmalar
Bekmurzaev Djaxangir Karimovich
Seshanba, 9:00 - 11:00
(+998) 95 170-75-10
(+998) 95 170-75-10
toshkent@uzavtoyul.uz
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibiy korxonalari manzil koordinatalari
Foydali havolalar