Постановление президента Республики Узбекистан PQ-161
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-161-son Qarorining
1-ilovasi 14-bandi ijrosi yuzasidan amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha
MA’LUMOT
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-161-son Qarorining
1-ilovasi 14-bandida “Seysmik faol zonalarda avtomobil yo‘llaridagi transport vositalarining xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil yo‘llaridagi uzluksiz temir-beton ko‘prik va yo‘lo‘tkazgichlarning zilzilabardoshligi bo‘yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borish va dasturiy majmua yaratish” vazifasi belgilangan.
Mazkur topshiriq ijrosini ta’minlash maqsadida seysmik faol hududlar va kuchli zilzila bo‘lishi ehtimoli yuqori bo‘lgan mamlakatlardagi transport inshootlarining zilzilaga chidamli konstruksiyalarini ko‘rib chiqilib, tahlil qilindi hamda yer yuzasida seysmik to‘lqinlarning tarqalishi va ularning ko‘prik inshootlariga ta’sir qilish qonuniyatlari va bu borada dunyo tajribasi o‘rganildi.
Shuningdek, yo‘l-ko‘prik inshootlarini zilzila ta’sirida tebranishlarini taxlil uchun zilzila tarqalish qonuniyatlari tahlil qilindi.
Seysmik hududlarda transport inshootlarini qurishda antiseysmik chora-tadbirlardan tashqari, tegishli hollarda zilzilalarga hamroh bo‘luvchi tabiiy hodisalardan (ko‘chkilar, ag‘darilishlar, sellar, qor ko‘chkilari, gruntning sachratma-maydalanishi va b.).inshootlarni himoya qilish bo‘yicha muhandislik tadbirlarni amalga oshirish zarur.
Ko‘prikning zilzilabardoshligiga uning tizimini to‘g‘ri tanlash, seysmik yuklarni tayanchlarga o‘tkazishning oqilona sxemalarini qo‘llash, hisob-kitoblar bo‘yicha yuk ko‘taruvchi konstruksiyalarni kuchaytirish, maxsus antiseysmik konstruktiv chora-tadbirlarni amalga oshirish, kuchli seysmik vositalarni qo‘llash va plastik deformatsiyalarning rivojlanishiga imkon beruvchi yengil va mustahkam materiallarni ishlatish va yuqori sifatli qurilish montaj ishlarini olib borish bilan erishish mumkin.
Mazkur ishlar barobarida ko‘prik va yo‘l o‘tkazgichlarning uzluksiz temir-beton oraliq qurilma tayanchlarining yangi konstruksiyalarini ishlab chiqish va ularni zilzilabardoshligini hisoblashning kompyuter dasturlarini yaratish bo‘yicha 1-chi bosqich ishlari bajarilib, ishlab chiqilgan dasturlarga davlat guvoxnomalari olingan.