Advertisement
Bugungi kunda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi va viloyatlar hokimliklari bilan birgalikda davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro magistrallar bo‘yida namunaviy yo‘l bo‘yi infratuzilmasi majmualarini (“Service point” va “Service area”) tashkil etish ishlari olib borilmoqda.
“Service point” – avtomobillarga yoqilg‘i quyish hamda elektromobillarni quvvatlantirish stantsiyalari, umumiy ovqatlanish ob’ektlari, do‘konlar, texnik servis punktlari, sanitariya-gigiena shohobchalarini;
“Service area” – “Service point” ob’ektlari, TIR park, motellar, avtomobillarni yuvish shohobchalari va wi-fi nuqtalarini qamrab oladi.
Yo‘l bo‘yi infratuzilmasi majmualari (“Service point” va “Service area”) davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro magistrallar bo‘yida joylashtiriladi.
Hozirda “Service area” va “Service point” ob’ektlari majmualariga qo‘yiladigan talablar hamda ularni joylashtirishning master-rejasi loyihasi ishlab chiqilgan.
Shuningdek, hududlarda yo‘l bo‘yi infratuzilmasi majmualari joylashtiriladigan avtomobil yo‘llari tanlanib, 70 tadan ortiq koordinatalar aniqlangan.
Hurmatli tadbirkorlar va xususiy sektor vakillari!
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Sizlarni davlat-xususiy sheriklik asosida xalqaro magistrallar bo‘yida namunaviy yo‘l bo‘yi infratuzilmasi majmualarini (“Service point” va “Service area”) tashkil etish loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi.
O’zingizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:
Mas’ul shaxslar: F. Quljonov, Sh. Boltaev
Tel.: (+998) 71 207 67 68 (ichki 126)
Email: info@uzavtoyul.uz