Gerb
O‘zbekiston respublikasi
Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi
Sayt test rejimida ishlamoqdaSayt test rejimida ishlamoqda
Logo

ENG
  • O‘ZB
  • ЎЗБ
  • РУС
  • ENG

ANNOUNCEMENT

509
30.11.2023
Print

   “9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo’llari qo’mitasi tomonidan ochiqlikni ta’minlash, korrupsion xatarlarni oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy korrupsiyaga qarshi kurashish tizimlarimi joriy etish kabi masalalarga bag’ishlangan «Ochiq eshiklar kuni» tadbiri o‘tkazilmoqda.

   Tadbir davlat organlari faoliyatining ochiqligi, ularning jamoatchilik va fuqarolar oldida hisobdorligini ta’minlash hamda ommaviy axborot vositalari jurnalistlari, blogerlar va fuqarolarni qiziqtirgan savollariga javob olishlari maqsadida tashkil etilmoqda.

   Tadbirda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha qabul qilingan normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyati, olib borilayotgan ishlar, korrupsiya uchun javobgarlik masalalari, uni oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar hamda mazkur yo‘nalishdagi xorijiy tajribalar haqida atroflicha ma’lumot beriladi.

   Tadbir 2023-yil 1-dekabr  kuni soat 10:00 dan 13:00 ga qadar Toshkent shahar, Mustaqillik shoh ko’chasi, 68-uyda bo’lib o’tadi.

  Ushbu tadbirga fuqarolar, tadbirkorlar, ommaviy axborot vositalari xodimlari, jamoat tashkilotlari vakillari va tadbirda ishtirok etish istagini bildirgan barchani taklif etamiz!

a