Gerb
O‘zbekiston respublikasi
Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi
Logo

O‘ZB
  • O‘ZB
  • ЎЗБ
  • РУС
  • ENG

“Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonun targ‘iboti

931
26.07.2024
Chop etish

Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida O‘zbekiston Respublikasining “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan xodimlar ishtirokida targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.
Seminarda Qonunning kuchga kirishi, undagi asosiy tushunchalar, amal qilish sohasi, asosiy prinsplar, xodimga aloqador shaxslar hamda ularning huquq va majburiyatlari, manfaatlar to‘qnashuvini olish bo‘yicha cheklovlar, maxsus vakolatli organ hamda davlat organlari va boshqa tashkilotlarning manfaatlari to‘qnashuvi bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari va vazifalari xususida batafsil so‘z yuritildi.
     Tadbir davomida shuningdek, mazkur qonun talablariga rioya etilishi ustidan nazorat, manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi axborotni oshkor etish, bu kabi holatlarga nisbatan ko‘riladigan choralar, javobgarlik choralari, bitimni haqiqiy emas deb topish va zarar o‘rnini qoplash tartibi haqida ham xodimlarga tushuntirishlar berildi.
    Seminar ishtirokchilari yaqin qarindoshlariga kimlar kirishi, o‘rindoshlik asosida ishlash tartibi, odob-axloq komissiyalari va maxsus bo‘linmalar faoliyati to‘g‘risida, shu bilan birga, ehtimoliy manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risidagi deklaratsiyalarga noto‘g‘ri ma’lumot kiritganlik va davlat xaridlarida yuzaga kelgan manfaatlar to‘qnashuvi holatlari aniqlanganda belgilanadigan javobgarlik choralari kabi o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxassislar tomonidan tegishlicha javoblar olishdi.

a