Xalqaro uchrashuv
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasida qo‘mita raisi Jamshid Tursunov Islom taraqqiyot banki missiyasi rahbari Emre Eser va missiya a'zolari bilan uchrashdi. Jamshid Tursunov missiya a‘zolarini O‘zbekistonga tashrifi bilan qutladi hamda Islom taraqqiyot banki rahbariyatiga 4R40 "Dashtobod—Zomin—Baxmal—G‘allaorol avtomobil yo‘lining 24—182 (158 km) qismini rekonstruksiya qilish" loyihasini moliyalashtirishga rozilik berganligi uchun minnatdorlik bildirdi.
Qayd etish lozimki, Islom taraqqiyot banki bilan birgalikda M39 "Almati—Bishkek—Toshkent—Termiz" avtomobil yo‘lining Surxondaryo viloyatida 121 km qismida to‘rt tasmali asfalt-beton qoplamaga o‘tkazish bilan rekonstruksiya qilish ishlari muvaffaqiyatli yakunlandi.
Joriy yilda M39 avtomobil yo‘lining Qashqadaryo viloyati qismida 60 km uzunlikdagi avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish ishlari boshlanadi.
Jamshid Tursunov o‘z so‘zida Islom taraqqiyot bankiga 7 ta istiqbolli loyihalarni taklif qilishini aytib o‘tdi.
O‘z navbatida mehmon taraf bunday samimiy muloqot uchun qo‘mita raisiga o‘z minnatdorligini bildirdi.
Islom taraqqiyot bankiga taklif etilayotgan 7 ta istiqbolli loyiha bo‘yicha ma'lumotlar bilan qiziqdi. O‘zbekiston bilan yo‘l
xo‘jaligi sohasida olib borilayotgan hamkorlikdan mamnunligini izhor etdi.
Uchrashuv mobaynida har ikki tomon uzoq muddatli hamkorlikka tayyorliklarini bildirishdi.