E'LON
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 10 oktyabrdagi
“Yo‘l xo‘jaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ–330-son qaroriga asosan Qoraqalpog‘iston Respublikasi
va viloyatlarda davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida yo‘l qurilishi materiallari va konstruksiyalarini ishlab chiqarishni tashkil etish belgilangan.
Shunga ko‘ra, bugungi kunda hududlarda yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish ishlari olib
borilmoqda.
Hurmatli tadbirkorlar va xususiy sektor vakillari!
Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 26 apreldagi “Davlat-xususiy sheriklik loyihalarini amalga oshirish tartibini takomillashtirish to‘g‘risida”gi 259-son qarori talablaridan kelib chiqib, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi Sizlarni yo‘l xo‘jaligi sohasida davlat-xususiy sheriklik tamoyili asosida loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha hamkorlikka taklif etadi.
O‘zingizni qiziqtirgan barcha savollar bo‘yicha quyidagi raqamga murojaat etishingiz mumkin:
Tel.: (+998) 71 207 67 68
Ichki 126
Email: info@uzavtoyul.uz