Gerb
O‘zbekiston respublikasi
Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi
Logo

O‘ZB
  • O‘ZB
  • ЎЗБ
  • РУС
  • ENG

Xalqaro uchrashuv

1 067
08.05.2024
Chop etish

1977-yilda Germaniyada asos solingan bu zavodning bugungi kunda dunyo bo‘yicha 5 mingga yaqin ishchisi bor. 
Dastlab janob Johannes HERRENKNECHT AG ning asosiy faoliyati va zavodning mavjud texnikalari, bajargan ishlarini taqdimot qildi. 
Zavod asosan piyodalar o‘tish joylarini qurish bo‘yicha qator davlatlar bilan hamkorlik qiladi. Shuningdek, zavod avtomobil va temir yo‘llar ostida transport tunnelini, qisqa tutashuv tunnellarini qurish bilan ham shug‘ullanadi.
Mehmon o‘zi taqdim etayotgan texnika— Himoya ekranining afzalliklari va uning ishlash tartibi bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tdi. 
Shuni aytib o‘tish joizki, mamlakatimizda avtomobil va temir yo‘llar ostida transport tunnelini qurishda bunday Himoya ekraniga ehtiyoj bor. 
Tomonlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda mana shular haqida fikrlashildi.

a