Pop-Namangan yo‘nalishidagi 0—75 km qismi rekonstruksiya qilinadi
Ushbu loyihani amalga oshirish doirasida 2024-yilning 22-yanvar kuni Transport vazirligi va Xitoy Xalq Respublikasining “CITIC CONSTRUCTION CO., LTD” kompaniyasi o‘rtasida avtomobil yo‘lini rekonstruksiya qilish yuzasidan anglashuv memorandumi imzolangan bo‘lib loyihani amalga oshirilishi natijasida:
– yo‘lning texnik darajasi II toifadan Ib toifaga o‘tkaziladi;
– yuk ko‘tarish qobiliyati 10 tonnadan 13 tonnaga oshiriladi;
– transport vositalarining harakat jadalligi bir kunda o‘rtacha 21 mingtadan 40 mingtaga oshiriladi;
– yo‘l poyining kengligi aholi yashash punktlarida 38 metrga, aholi punktlaridan tashqarida 25 metrgacha kengaytiriladi;
– avtomobil yo‘lidagi mavjud 14 dona ko‘prik qayta quriladi;
– avtomobil yo‘li 2 tasmali asfalt-beton qoplamadan
4 tasmali sement-beton qoplamaga o‘tkaziladi.
Eslatib o‘tamiz, Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan rekonstruksiya qilinadigan ushbu yo‘lning 0—75-km qismi Toshkent shahrini Namangan viloyati markazi bilan bog‘lovchi asosiy yo‘l hisoblanadi.