Diqqat, eʼlon!
Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi tashabbusi bilan Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi va uning tarkibidagi korxona-tashkilotlar ishchi-xodimlarining intellektual bilimini sinovdan o‘tkazish, aqliy salohiyatini mustahkamlash maqsadida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etiladi.
“Zakovat” intellektual o‘yini 2 bosqichda o‘tkaziladi.
Birinchi bosqich. Viloyat saralash bosqichlari — 2024-yilning fevral oyida viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadi.
Ikkinchi bosqich. Respublika final bosqichi — 2024-yilning mart oyi, “Navro‘z" umumxalq bayrami arafasida o‘tkaziladi.
G‘olib jamoa Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasining maxsus sovg‘alari hamda rag‘batlantiruvchi mukofotlari bilan taqdirlanadi.
O‘z bilimingizni sinab ko‘rmoqchimisiz? U holda “Zakovat”da ishtirok eting!
Аvtomobil yo‘llari qo‘mitasi Axborot xizmati