Gerb
O‘zbekiston respublikasi
Avtomobil Yo‘llari Qo‘mitasi
Sayt test rejimida ishlamoqdaSayt test rejimida ishlamoqda
Logo

O‘ZB
  • O‘ZB
  • ЎЗБ
  • РУС
  • ENG

Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

1 318
14.11.2023
Chop etish

Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida olimlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi

Mamlakat rahbarining joriy yil 10- oktyabrdagi “Yoʼl xoʼjaligi sohasini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Qarorida yoʼl xoʼjaligini boshqarishning zamonaviy tizimini yaratish va raqamlashtirish, sohada sifat nazoratini kuchaytirish va manfaatlar toʼqnashuvining oldini olish, xususiy sektor korxonalarini keng jalb qilish uchun sharoit yaratish hamda budjet mablagʼlaridan foydalanish samaradorligini oshirish, yoʼl xoʼjaligini isloh qilish va yanada rivojlantirish boʼyicha qator ishlar rejasi belgilab berilgan edi. 
Аvtomobil yoʼllari qoʼmitasida Аvtomobil yoʼllari ilmiy-tadqiqot instituti olimlari, Toshkent davlat Transport universiteti professor-oʼqituvchilari, Enter Engineering kompaniyasi mutasaddilari ishtirokida uchrashuv-muloqot boʼlib oʼtdi. Qoʼmita raisi Jamshid Tursunov avtomobil yoʼllari va sunʼiy inshootlarni loyihalashtirish, qurish, rekonstruktsiya qilish, taʼmirlash hamda umumiy foydalanishdagi avtomobil yoʼllarini saqlash va tabiiy ofatlarning oldini olish, ularning oqibatlarini bartaraf etish boʼyicha ishlarni tashkil etishda belgilangan mexanizm boʼlishi kerakligini taʼkidladi. Barcha jarayonlarni tartibga solib turadigan ilmiy kengashni tuzish taklifini berdi.
Uchrashuv-muloqotda yuqoridagi masalalar boʼyicha olimlarning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Belgilangan mexanizm boʼyicha texnik topshiriq yozish, loyihachini topish va pudratchini tanlash, amalga oshiriladigan loyihalarni ilmiy jihatdan asoslash lozimligi olimlar tomonidan ham eʼtirof etildi.

a